بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ

Islomiy ismlar

Farzandingizga go'zal va ma'noli ism tanlang — 300 ta ism, ma'nosi va tarixi bilan.

“Allohga eng sevimli ismlaringiz Abdulloh va Abdurahmondir.” — Imom Muslim rivoyati

Ism tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak

Ma'nosi go'zal bo'lsin

Payg'ambarimiz (s.a.v.) ma'nosi yomon ismlarni o'zgartirganlar. Ism bola ulg'ayganda ham faxr bilan aytadigan bo'lsin.

“Abdu…” ismlar

Abdulloh, Abdurahmon, Abdurahim kabi ismlar bolani Allohning bandasi deb ataydi. Ular Allohning go'zal ismlari (Asmo ul-husna) bilan tuziladi.

Payg'ambarlar ismlari

Payg'ambarimiz (s.a.v.) o'g'illariga “otam Ibrohimning ismini qo'ydim” deganlar (Imom Muslim). Muhammad, Ibrohim, Yusuf, Muso kabi ismlar shu sababli sevimli.

Faqat Allohga xos ismlar

Allohga xos sifatlar (masalan, Rahmon, Xoliq) yolg'iz ism qilib qo'yilmaydi — ular oldiga “Abdu” qo'shiladi: Abdurahmon, Abduxoliq.

Ulamolar tavsiya qilmagan ismlar

O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay'atining savol-javoblaridan (manba):

Abdurasul“Payg'ambarning bandasi” degan ma'noni beradi — o'zgartirish tavsiya qilingan. Inson faqat Allohning bandasi.
Alaziz, AlazimAllohning ismlari yolg'iz qo'yilmaydi: Aziz, Abdulaziz, Abdulazim deb qo'yish tavsiya qilingan.
MaftunaArab tilida “yo'ldan ozgan”, “aqli o'g'irlangan” ma'nolari bor — qo'ymaslik maslahat berilgan.
…sanam (Gulsanam, Shohsanam)“Sanam” arab tilida “but” degani.
ElifFaqat bir harfning nomi, boshqa ma'nosi yo'q — ma'noli ism tanlash maslahat berilgan.
Safina“Kema” degani — ma'nosi go'zalroq ism tanlash tavsiya qilingan.
ShohruhImkon bo'lsa almashtirish yaxshi deyilgan.
Futbolchi va aktyorlar ismlariMa'nosiz begona ismlar qo'yish “farzandning haqini poymol qilish” deb baholangan.

Ismlarning ma'nolari an'anaviy manbalar asosida qisqa berilgan. Aniq savollar bo'lsa, mahallangiz imomi yoki ishonchli ulamolardan so'rang. “Eng mashhur” belgisi — Adliya vazirligining 2023-yil ma'lumotlari (kun.uz).

Ma'nosi

Izoh